Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktabr kunlari YEOII va MDH sammitlarida ishtirok etadi

14-oktabr kuni davlatimiz rahbari Qozog‘iston raisligida o‘tkaziladigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdan tashqari majlisida kuzatuvchi maqomida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktabr kunlari YEOII va MDH sammitlarida ishtirok etadi

 

Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Prezidentlari, Armaniston Bosh vaziri Kengash aʼzolari hisoblanadi. Yig‘ilishda kuzatuvchi sifatida Kuba Prezidenti ham so‘zga chiqishi kutilmoqda.

 

Qayd etilishicha, yig‘ilish kun tartibiga muvofiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqida YEOII bilan amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab beradi.

 

Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi mamlakatimizga o‘tgan yil dekabr oyida berilganini taʼkidlash joiz. Joriy yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi qabul qilindi.

 

15-oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tadi. Uning ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Belarus raisligida o‘tkaziladigan tadbirda tashkilotning 30 yillik faoliyatidagi ko‘p tomonlama hamkorlik yakunlari, shuningdek, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, migratsiya, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi sheriklikni yana-da kengaytirish borasidagi qo‘shma rejalar ko‘rib chiqiladi.

 

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish hamda keng mintaqada barqaror taraqqiyotni taʼminlash masalalari muhokama qilinadi.

 

Hamdo‘stlikda hamraislik qilayotgan O‘zbekiston Prezidenti MDHni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasi maqsad va vazifalariga erishish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari suradi.

 

Tadbir yakunida MDH makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘p tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.

 

Avvalroq BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiya qabul qilgani hamda davlatimiz rahabri BMT Bosh Assambleyasi 76 sessiyasida nutq so‘zlagani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktabr kunlari YEOII va MDH sammitlarida ishtirok etadi | Zamon.uz