O‘zbekistonda qancha yer ovchilikka mo‘ljallangani maʼlum bo‘ldi
202- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ovchilikka biriktirilgan umumiy yer maydoni 4,8 million gektarni tashkil etadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur maydonning eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlari:
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 85,5 foiz;
-
Toshkent viloyati – 6,5 foiz;
-
Navoiy viloyati – 2,2 foiz.
Maʼlumot uchun, ov qilish joylari hududida quyidagilar taqiqlanadi:
qishloq xo‘jaligi, meliorativ, o‘rmon xo‘jaligi ishlarini va boshqa ishlarni yovvoyi hayvonlarning nobud bo‘lishiga olib keladigan usullarda amalga oshirish;
o‘zboshimchalik bilan yovvoyi qushlarning tuxumlarini yig‘ish, uyalarini vayron qilish, yovvoyi hayvonlarning uychalarini, inlarini va boshqa uyalarini buzish, bundan yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish bilan bog‘liq hollar mustasno;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda hamda boshqa toifadagi yerlarda qurigan dov-daraxtlarni va ularning qoldiqlarini ildizi bilan yoqish;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, bo‘lish va urchish joylarida, shuningdek, ularning ko‘chib o‘tish yo‘llari bo‘lgan joylarda dov-daraxtlarni yo‘q qilib yuborish, qiyoq, qamish va yovvoyi holda o‘suvchi boshqa o‘simliklarning chakalakzorlarini yoqish.
Avvalroq Sirdaryoda lochinlarni 280 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgani, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kamyob do‘lta (sirtlon)lardan biri o‘ldirilgani, Buxoro shahrida Qizil kitobga kiritilgan qush savdosining oldi olingani va tabiatga qo‘yib yuborilgani hamda Hisor qo‘riqxonasida noyob tog‘ echkisini ovlaganlar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.







