O'zbekiston

Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ajratgan gumanitar yordami yetib keldi

Termizga BMTning Afg‘oniston uchun gumanitar yordam ortilgan samolyoti keldi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.

Termizga BMTning Afg‘oniston uchun ajratgan gumanitar yordami yetib keldi

 

 

Bugun mahalliy vaqt bilan 11:20 da Termiz aeroportiga Il-76 samolyoti qo‘ngan. Uning bortida birinchi zarurat buyumlari mavjud. Termizda tashkil etilgan logistika markazi orqali gumanitar yordam Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natilishi rejalashtirilgan.

 

13-oktabr kuni BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy Komissari Termiz orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazib berilishini maʼlum qilgandi.

 

Shuningdek, 15-17 oktabr kunlari Dubaydan Afg‘oniston uchun belgilangan gumanitar yordamning navbatdagi partiyasi ham olib kelinadi. Maʼlumotlarga ko‘ra,oktabr oyi boshlaridan buyon qo‘shni respublikaga Termizdan temiryo‘l orqali 40 vagon oziq-ovqat yetkazib berilgan.

 

Avvalroq Afg‘onistonning SHHTdagi ishtiroki haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Pentagon kuchlarini respublika hududiga joylashtirmoqchi emasligi maʼlum bo‘lgandi. 

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Toshkent va Farg‘onada “Umra”ga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Tegishli litsenziyasi bo‘lmagan shaxs 3 kishini “Umra”ga yuborish evaziga 3 450 dollar, yana bir shaxs 4 kishini yuborish uchun 4 200 dollar talab qilgan.

custom img

Toshkentda “Yashil to‘lqin”ning yangi qismi ishga tushirildi

Amir Temur maydonidagi 5 ta svetofor yagona algoritm asosida ishlay boshladi.

custom img

Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi

Olimlar Jizzaxdagi podstansiyada tadqiqot o‘tkazdi.

custom img

Birinchi qoidabuzarlik uchun tadbirkorga ogohlantirish beriladi

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, boshqa shaxslarning mol-mulkiga zarar yetmagan taqdirda, darhol jarima qo‘llanmaydi. Tadbirkorga kamchilikni bartaraf etishga 10 kun beriladi.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari hamkorlikni kengaytiradi

Balikesirda o‘tkazilgan xalqaro mediaforum doirasida O‘zbekiston va Turkiya media tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

custom img

O‘zbekiston oliygohlarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolariga 70 ta grant ajratildi

Grantlar bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini qamrab oladi.

custom img

Toshkentda perforator va benzopila ichiga yashirilgan narkotiklar aniqlandi

Narkotiklar Rossiyadan pochta orqali yuborilgani aniqlangan.

custom img

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 7,8 foizga oshdi

Joriy yilning yanvar–iyul oylarida 54,3 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"