Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida joylashgan IT akademiyasiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari chog‘ida Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan  “Astrum” IT akademiyasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida joylashgan IT akademiyasiga bordi

 

Ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan, 700 tadan ortiq kompyuter bilan taʼminlangan. U taʼlim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klaster bo‘ladi. Yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sunʼiy intellekt baholaydi.

 

Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinmoqda. Prezident ular bilan suhbatlashdi.

 

- Agar zamonga munosib bo‘laman, o‘z ishimni topaman, yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing. Kelajakka investitsiyangiz - shu. Ham bilim olib, ham amalda tatbiq qilib, oilangiz, el-yurtimizga ko‘makdosh bo‘lasizlar, deb ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mutasaddilarga shu yerda yoshlar uchun kovorking markaz, turar joy barpo etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

- Biz uchun yoshlar siyosati - birinchi o‘rinda. Bu yerda iqtidorli, bilimli bolalar o‘qiydi. Ularga zamonaviy, erkin sharoit yaratish kerak. Uyi ham, ovqatlanishi ham, sporti ham, dam olishi ham shu yerda bo‘lishi zarur. Davlat tashkilotlari, sanoat korxonalarining buyurtmalarini shakllantirib, bu mutaxassislarni ish bilan taʼminlash muhim, - dedi Prezident.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktyabr kunlari YEOII va MDH sammitlarida ishtirok etishi hamda BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiya qabul qilgani  xabar qilingandi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida joylashgan IT akademiyasiga bordi | Zamon.uz