Jamiyat

Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi maʼlumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

 

Mazkur tumanning “Vardonze” mahallasida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan O.Q. ismli shaxs tanishi X.G. ismli ayolning ishonchiga kiradi. Unga maʼlum pora evaziga tibbiy ekspertiza komissiyasida ishlovchi tanishlari orqali nogironlik nafaqasi rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi.

 

Fuqaro O.Q.  Shofirkon shoh ko‘chasida kimyoviy ishlov berilgan 6 million 402 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Hozirda holat yuzasidan fuqaro O.Q.ga nisbatan JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushgani hamda zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Navoiyda 2000 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan o‘qituvchi ushlangandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi | Zamon.uz