Jamiyat

Qo‘yliqda avtobus 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Qo‘yliqda avtobus 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

 

 

Avvalroq Toshkent shahar, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (Sangorod oldi)da uchta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y bergani haqida video berilgandi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 15-oktabr kuni soat 19:30 larda Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘lida haydovchi, 1999-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi “Lacetti” hamda haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan O‘.O‘. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus va haydovchi, 1971-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

 

Qayd etilishicha, to‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Toshkentda “Lacetti” va avtobus ishtirokida YTH yuz bergani, Qarshida “Nexia” haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan yashiringani hamda “Lacetti”ning daraxtga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

 

Qo‘yliqda avtobus 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi | Zamon.uz