Buxoroda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘g‘irlik qilgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyati Peshku tumanida ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘g‘irlik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 2-sentabr kunidan 8-sentabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Peshku tumani "Navgaxon" mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan R.O.ga tegishli bo‘lgan plastik kartochkadan jami 11 million 378 ming 650 so‘m pulni yashirin ravishda talon-tаroj qilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2000-yilda tug‘ilgan I.J. sodir etganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Telegram‘da soxta guruh ochib, odamlarni aldagan shaxslar, Andijonda virtual firibgar qo‘lga olingandi. Shuningdek, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi yutuqli o‘yinlar orqali buxorolik fuqaroni chuv tushirgan farg‘onalik yigit ushlangani, Samarqandda 16 ming AQSH dollarini bukmekkerlik saytida yutqazib yuborgan firibgar aniqlangani hamda Andijonda virtual firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.







