Jamiyat

G‘ijduvonda isteʼmolga yaroqsiz paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi yashirin korxona aniqlandi

G‘ijduvon tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlari idoralari tomonidan "Buktaroy" mahallasida yashovchi M.M. o‘zining yashash xonadonida yashirin noqonuniy korxona ochgani maʼlum bo‘ldi.

G‘ijduvonda isteʼmolga yaroqsiz paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi yashirin korxona aniqlandi

Korxona qo‘lbola usulda chigitdan yog‘ olib noqonuniy tarzda sotish ishlari amalga oshirilgan. Fuqaro M.M. 100 litr paxta yog‘ini 2.300.000 so‘mga o‘zga bir fuqaroga sotayotgan vaqtda qo‘lga olinib, undan 100 litr miqdordagi qo‘lbola usulda chigitdan olingan juvoz yog‘i va uskunalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan M.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Nurafshondagi yashirin sexda qariyb 400 kg sifatsiz go‘sht aniqlangani  hamda Chilonzorda psixotrop dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona aniqlangani haqida xabar bergandik. 

 

Munojat Valiyeva

G‘ijduvonda isteʼmolga yaroqsiz paxta yog‘i ishlab chiqaruvchi yashirin korxona aniqlandi | Zamon.uz