Jamiyat

Jalaquduqda erdan xotini foydasiga 75,5 million so‘m undirib berildi

“Tico” hamda “Lacetti” rusumli avtotransport vositalari hisobidan 75,5 million so‘m undirish belgilangan.

Jalaquduqda erdan xotini foydasiga 75,5 million so‘m undirib berildi

 

 

Majburiy ijro byurosi axborot xizmatining xabar berishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan Jalaquduq tumanida yashovchi F.A. va uning sobiq turmush o‘rtog‘i T.A.lar tomonidan turmush davrida olingan mol-mulklari o‘rtada taqsimlanishi belgilangan.

 

Qayd etilishicha, sudning qaroriga asosan javobgar F.A.dan daʼvogar T.A. foydasiga birgalikdagi turmushlari davrida olingan “Tico” hamda “Lacetti” rusumli avtotransport vositalari hisobidan 75,5 million so‘m undirish belgilangan.

 

Ijro hujjati yuzasidan Byuroning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida daʼvogar T.A. foydasiga 75,5 million so‘m undirib berilib, ijro ishi tamomlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, MIB tomonidan 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgandi.

 

Bundan avval qarzdorning “Trailblazer”, Oltiariqda fuqaroning “Nexia 3” rusumli avtoulovi xatlangani, qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani hamda MIB Namanganda 2,6  milliard so‘mlik ish haqlarini undirib bergani haqida xabar qilingandi.

Jalaquduqda erdan xotini foydasiga 75,5 million so‘m undirib berildi | Zamon.uz