O'zbekiston

Nima uchun Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish muhim?

Ekspertlar JSTga aʼzolik islohotlarni yana-da jadallashtiradi, degan fikrda.

Nima uchun Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish muhim?

 

27-oktabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida ishbilarmonlar va ilmiy doiralar bilan O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishiga bag‘ishlangan "JSTga aʼzo bo‘lishning xususiy sektorga taʼsiri" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Abidov, JST bosh direktori muovini S.Chjan, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va boshqa rasmiy vakillar hamda ishbilarmon doiralar ishtirok etdi.

 

Davra suhbatida JSTga qo‘shilish va uning xususiy sektorga taʼsiri, mamlakatning turli tarmoqlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va boshqa mavzular muhokama qilindi. Xususan, S.Chjan tashkilotga aʼzo bo‘lish O‘zbekiston taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini maʼlum qildi. Chjan Xitoy tajribasida JSTga aʼzo bo‘lish tartiblarini tushuntirib berdi.

 

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi respublikaning JSTga aʼzo bo‘lishi tomon qilinayotgan harakatlarda yordam berib kelmoqda. Uning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xususiy sektorning bu kabi jarayonlarga jalb qilish tashkilotga aʼzo bo‘lishida muhim ekanini qayd etdi. Shuningdek, uning fikricha, biznes doiralarni jalb qilmasdan turib JSTga kirish ko‘zlangan maqsadlarga erishishni qiyinlashtirishini taʼkidladi.

 

Davra suhbati davomida tashkilotga aʼzo bo‘lish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy taʼsir qilishi omillari sanab o‘tildi.

 

Birinchidan, JSTga aʼzo davlatlar savdo sohasida ishlab chiqqan qoidalar butun dunyoda savdo-iqtisodiy jarayonlarga taʼsir ko‘rsatadi. Tashkilotga aʼzolik orqali bu jarayonlarda bevosita ishtirok etish mumkin.

 

Ikkinchidan, JSTga aʼzolik – maʼlum maʼnoda brend  degani. Tashkilotga aʼzo davlatlarga nisbatan investorlarning ishonchi baland bo‘ladi, shuningdek, bu savdo-iqtisodiy jarayonlarning yana-da ochiq va shaffof bo‘lishiga yordam beradi.

 

Uchinchidan, JSTga aʼzolik islohotlar uchun o‘ziga xos “dvigatel” bo‘lib xizmat qiladi.

 

Shuningdek, tadbirda tashkilotga qo‘shilish muddatlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, JSTga aʼzo bo‘lish o‘rtacha muddati 10 yilu ikki oyni tashkil etadi. Ammo bu muddat cho‘zilishi ham mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi 1994-yilda tashkilotga qo‘shilish to‘g‘risida ariza bergan, ammo bu jarayon hali tugagani yo‘q.

 

Avvalroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash so‘nggi besh yilda ikki barobarga oshganini maʼlum qilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston iqtisodiy forumi tashkil etilgani xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.