Jamiyat

Respublika hududida noyabr oyida anomal sovuq kuzatiladi

O‘zgidromet: 5 noyabr kuni respublika shimolida havo harorati -10 ° S darajagacha pasayishi mumkin.

Respublika hududida noyabr oyida anomal sovuq kuzatiladi

 

Berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 4-5 noyabr kunlari O‘zbekiston hududlarida keskin pasayuvchi sovuq ob-havo kutizatilishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrga yetishi kutilmoqda.

 

Xabarda aytilishicha, 4 noyabr kunduz kuni havo harorati +3 + 8 ° S daraja iliqni tashkil etib, noyabr oyi boshidagi iqlimiy meʼyor ko‘rsatgichlaridan 12-15 daraja past bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda, bu havo to‘lqini anomal sovuq ko‘rsatgichlarini beradi. Undan tashqari, 4-5 noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik(yomg‘ir-qor)lar kuzatilishi mumkin.

 

Avvalroq, Olimlar global iqlim isishi tufayli Yerda hayot chidab bo‘lmas darajaga yetishidan ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"