Chiroqchidagi YTH yuzasidan IIV rasmiy munosabat bildirdi
Hodisa oqibatida avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 2002 yilda tug‘ilgan J.S. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Chiroqchi tumani Xalqobod qishlog‘i hududida “Nexia” avtomobili jarlikka qulab tushgani haqida xabar bergandik. Mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi YHXBB rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-noyabr kuni soat 10:30 atrofida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Halqaobod qishlog‘i hududida haydovchi, 1999-yilda tug‘ilgan D.B. “Nexia” rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, pastlik (soyliq)ka ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 2002-yilda tug‘ilgan J.S. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etgani, Bo‘stonliqda 150 metr balandlikdan “Spark” jarlikka tushib ketgani, Qamchiq dovonida “Cobalt” ag‘darilib ketgani hamda “Qamchiq” da “Nexia” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketgani haqida xabar berilgandi.







