Jamiyat

Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun 6 ming AQSH dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi

Fuqaroning ustidan yozgan murojaatlarini qaytarib olish evaziga 6 000 AQSH dollari talab qilgan tovlamachi ushlandi.

Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun 6 ming AQSH dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departamentning Gurlan tumani bo‘limi fuqaro G.S. fuqaro N.A.tomonidan tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonida noqonuniy ravishda uy-joy qurayotgani yuzasidan tuman hokimligi va kadastr idoralariga yo‘llagan murojaatlarini qaytarib olish va barcha daʼvosidan voz kechish evaziga undan tovlamachilik vositasida 6 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushladi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun korxona rahbaridan 180 mln so‘m talab qilgani, Andijonda tanishining telefonini tortib olib, tovlamachilik qilgan ikki shaxs ushlangani, Navoiyda aka-uka tovlamachilik qilib, Janubiy Koreyaga yuborish uchun ikki do‘stidan 3 000 dollardan pul undirgani hamda Jizzaxda firibgar o‘z do‘stining 3 500 AQSH dollarini o‘margani haqida xabar berilgandi.

Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun 6 ming AQSH dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi | Zamon.uz