Siyosat

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishini maʼlum qildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) maʼmuri Samanta Pauer bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishini maʼlum qildi

 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan USAID o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ustuvor dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Qayd etiliishicha, tomonlar sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish kabi sohalardagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

 

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, mamlakatda inqirozni oldini olish maqsadida insonparvarlik yordamini ko‘rsatish, xalqaro hamjamiyatning bu boradagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Maʼlumot uchun: joriy yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH USAID rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn muzokaralar  chog‘ida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini takomillashtirish, O‘zbekistonning COVID-19'ga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishilgan edi.

 

 Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri chet eldagi baʼzi shaxslar O‘zbekistonni asossiz tanqid qilishiga eʼtibor qaratgandi.

 

Avvalroq Abdulaziz Komilov Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etgani, O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvida muhim rol o‘ynashi mumkinligi, AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekiston rasmiylari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgani hamda Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar kengashining Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishini maʼlum qildi | Zamon.uz