Jamiyat

Jizzaxda ayanchli YTH oqibatida 17 yoshli yigit halok bo‘ldi

Avtoulov yuk xonasida bo‘lgan o‘smir yigit voqea joyida vafot etgan.

Jizzaxda ayanchli YTH oqibatida 17 yoshli yigit halok bo‘ldi

 

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro boshqaruvidagi "Gaz 53" avtoulovi “O‘smat – Gulbuloq – Kinchir” avtoyo‘lining “Uzunbuloq” qishloq fuqarolik yig‘ini hududidan o‘tgan qismida yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilib ketgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi avtomashina rul boshqaruvining yo‘qotishi oqibatida uning avtoulovi yukxonasida bo‘lgan hamqishlog‘i, o‘rta umumtaʼlim maktabning 10-sinf o‘quvchisi tan jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

 

 Avtomashina salonida bo‘lgan fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.  

 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq, Andijonda ZIL yuk mashinasini tormozi ishlamay qolib YTHga uchragani  hamda Jizzaxda “Hyundai” va “Kamaz” ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva 

 

Jizzaxda ayanchli YTH oqibatida 17 yoshli yigit halok bo‘ldi | Zamon.uz