Jamiyat

O‘zbek—qozoq harbiylari birgalikda o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazdi

“Qalqon-2021” o‘zbek-qozoq o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.

O‘zbek—qozoq harbiylari birgalikda o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazdi

 

 

Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar qilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatining “Gvardeyskiy” o‘quv markazi hamda “Matibuloq” dala-o‘quv maydonida “Qalqon-2021” o‘zbek-qozoq o‘quv mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi.

 

 

Ular yangi qurol-aslahalar, boshqa muhit, issiq va sovuq ob-havo sharoitlarida o‘zlarining qanchalar chiniqqan va chidamli ekanliklarini namoyish etdi. Taktik mashg‘ulotlarda ham goh u, goh bu davlatning ishtirokchilari o‘ziga xos yondashuv va manyovrlarini ko‘rsatib berdi.

 

 

Yopilish marosimida mashg‘ulotning faol ishtirokchilari har ikki davlatning Мudofaa vazirlari buyrug‘iga asosan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Avvalroq O‘zbekiston—Tojikiston—Rossiya harbiy mashg‘ulotlari qanday va nima maqsadda tashkil etilgani, O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyaga o‘qishga yuborilishi hamda Tojikistonda O‘zbekiston—Tojikiston—Rossiya qo‘shma mashg‘ulotlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

O‘zbek—qozoq harbiylari birgalikda o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazdi | Zamon.uz