Jamiyat

Mashina raqamini yopgan fuqaro qo‘lga olindi

Qoidabuzarga chora ko‘rildi.

Mashina raqamini yopgan fuqaro qo‘lga olindi

 

Ijtimoiy tarmoqda “Nexia” avtomobilining haydovchisi davlat raqam belgisini sigaret qutisi bilan yopib qo‘ygani aks etgan fotolavha tarqaldi.

 

Fotolavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, qoidani buzgan haydovchi aniqlandi. Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125 prim 5 moddasi tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Avvalroq Toshkentda qidiruvda bo‘lgan haydovchi YPXdan qochayotganida inspektor va piyodani urib yuborgani hamda Yakkasaroyda o‘tkazilgan tungi reydda “Lasetti” salonidan giyohvandlik moddasi topilgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Mashina raqamini yopgan fuqaro qo‘lga olindi | Zamon.uz