Firibgar tanishining ishonchiga kirib, uni "uxlatib ketdi"
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2021-yil yanvar oyida fuqaro D.N. Shahrixon tumanida yashovchi tanishi A.X.ni aldab, ishonchiga kirgan. A.X.ga tegishli Andijon shahrida joylashgan “Paynet” do‘koniga kirib, undan foydalanib turish maqsadida login va parolini olib, uning hisobida bo‘lgan jami 54 million so‘m pullarini qo‘lga kiritgan. Bu pullarni esa shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda virtual firibgar qo‘lga olingani hamda Toshkentda bankomatni buzib, ichidan 165 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







