Samarqandda “elektroset” mutasaddilari yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgani aniqlandi
Holat jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ochiq sud majlisida muhokama qilindi.

Joriy yilning 21-oktabr kuni Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshirish o‘tkazilgan. Unda "Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning umumiy masalalar bo‘yicha direktori yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagani aniqlangan.
Binoda qoidalarga zid tarzda payvandlash, kesish elektr payvandlash va boshqa elektr qurilmalaridan foydalanib kelinayotgan bo‘lgan.
Tekshiruvchilar viloyat elektr tarmoqlari korxonasida himoyalanish xususiyatini yo‘qotgan elektr kabeli va simlardan, shikastlangan elektr rozetkalar, rubilniklar, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalaridan foydalanilayotganiga guvoh bo‘lishgan.
Sud majlisida so‘roq qilingan mutasaddilardan biri u ushbu holatlarga eʼtibor bermaganligini, bu kamchiliklar tekshirish vaqtidayoq bartaraf qilinganligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini bildirib, unga nisbatan qonuniy yengillik berishlikni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlardan biri — korxonaning umumiy masalalar bo‘yicha direktori Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va MJtKning 21-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilib, ogohlantirilgan.
Qolgan uch nafar huquqbuzarga (xo‘jalik xizmati bo‘lim boshlig‘i, texnik) esa bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, yaʼni 135 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Avvalroq Xorazm va Surxondaryoda elektr stansiyalar quriladi va Surxondaryoda elektr stansiyalar qurilishi, Navoiyda o‘zboshimchalik bilan simyog‘ochga chiqqan yigit tok urishi oqibatida halok bo‘lgani hamda Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.







