Jamiyat

Sirdaryoda soxta hujjatlar orqali 500 million so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryoda soxta hujjatlar orqali 500 million so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmatining xabar berishicha, departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan hududiy hududiy tijorat banki filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Unda aniqlanishicha, fuqarolar D.X., D.M. va boshqalar o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida oldindan til biriktirib, “T.” MCHJ rahbari B.ni aldab kelgani maʼlum bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, MCHJ nomiga kredit olish uchun “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasini fuqaro X.ning nomiga soxta maʼlumotlar kiritish yo‘li bilan garovga qo‘yishib, natijada bank muassasasidan 500 million so‘m kredit ajratishga erishgan.

 

Shundan so‘ng, ushbu kredit mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar,blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizda 800 million so‘mni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan, Buxoroda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlangani hamda firibgar tanishining ishonchiga kirib, uni “uxlatib” ketgani haqida xabar berilgandi.

Sirdaryoda soxta hujjatlar orqali 500 million so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar ushlandi | Zamon.uz