Sport

“Barsa” yana bir transferni ko‘zlamoqda

“PSJ” yarim himoyachisi Xavi Simons “Barselona”ga qaytishi mumkin.

“Barsa” yana bir transferni ko‘zlamoqda

 

Xabarlarga ko‘ra, Kataloniya klubi 18 yoshli futbolchini sotib olish niyatida. Gollandiyalik futbolchining jamoaga qaytishi avval ham ko‘rib chiqilgan.

 

Simonsning agenti Mino Rayola uchrashuvlardan birida “Barsa” prezidenti Joan Laporta bilan ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilgan. Laportaga Parij klubi bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydigan futbolchining tekin transfer g‘oyasi yoqib qolgan.

 

Simons aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2019 yilning yozida “PSJ” klubiga o‘tgan va parijliklar safida o‘tgan mavsum atigi 2 ta o‘yinda ishtirok etgan.

 

Avvalroq Serxio Aguero futbol bilan xayrlashishi mumkinligi va Klopp “Liverpul” tarixida yangi rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"