Jamiyat

Jizzaxda "issiq-sovuq" qiluvchi domlaning ro‘yxatida hokimlik va deputatlikka davogar shaxslarning borligi aniqlandi

Soxta domlaning shogirdlari orasida Forish tumanida yashovchi maktab o‘quvchisi ham bor.

Jizzaxda "issiq-sovuq" qiluvchi domlaning ro‘yxatida hokimlik va deputatlikka davogar shaxslarning borligi aniqlandi

 

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Jizzax shahrining Sayilgoh ko‘chasida yashovchi shaxs xonadonida norasmiy diniy faoliyat ko‘rsatib, go‘yoki, fuqarolarning ishlarini yaxshilash uchun sehr-jodu bilan shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, ushbu shaxsning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda, 12 kishi mijoz sifatida uning yoniga kelib, navbat kutayotgani  Mazkur shaxs vakolati bo‘lmasa-da, fuqarolarga muntazam diniy saboq berib kelgan.

 

Bundan tashqari, fuqaroning хonadonidan diniy mazmundagi 5 ta kitob, 1 ta ot qamchisi, 9 dona osh pichog‘i, 1 dona polietilen paket ichidagi buyumlar va 110 ming so‘m pul rasmiylashtirib olingan.

 

Tekshiruv davomida fuqarolarning ism-sharifi yozilgan 5 ta daftar topilgan. Daftarlarda 100 dan ortiq kishilarning fotosurati hamda so‘ragan niyatlari qayd etib borilgan. Ushbu daftar ko‘zdan kechirilganda, “issiq-sovuq” qilish uchun olingan buyurtmalar orasida, xatto, hokimlik va deputatlikka davo qilmoqchi bo‘lgan shaxslarning ham borligi aniqlandi.

 

Javobgar shaxsga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 2-qismi hamda 241-moddasi (Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra,  fuqaroga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda xonadonida hujra tashkil etgan ona-bola aniqlangani hamda Zangiotada noqonuniy hujra topilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Chinozda “Jihodchilar”ning 10 nafari ushlangandi. 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"