Jamiyat

Xorazmda valyutafurush firibgar qo‘lga olindi

Uning yonida 41 316 AQSH dollari, 17 000 rossiya rubli va 62,7 million so‘m bo‘lgan.

Xorazmda valyutafurush firibgar qo‘lga olindi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Aniqlanishicha, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.A. fuqaro I.dan jami 3 000 AQSH dollarini har bir AQSH dollarini 10 700 so‘mdan hisoblab, 32,1 million so‘mga sotib olgan vaqtida ushlandi.

 

Qayd etilishicha, tadbir davomida uning yonida bo‘lgan 41 316 AQSH dollari, 17 000 rossiya rubli va 62,7 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qonunni buzgan valyutafurushning “bozori” o‘xshamagani, Toshkentda soxta dollarga telefon sotib olgan firibgar ushlangani hamda Toshkent viloyatida qalbaki pul tayyorlagan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Xorazmda valyutafurush firibgar qo‘lga olindi | Zamon.uz