To‘yxona yerto‘lasini qimorxonaga aylantirgan shaxsga chora ko‘rildi
Unda fuqarollar uchun qonunga xilof ravishda tavakkalchilikka asoslangan lotto o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berilgan.

Quva tumani “Rasta” mahallasi hududida joylashgan to‘yxona yerto‘lasida qimorxona borligi aniqlandi.
‘tkazilgan tekshiruv davomida undan qora qopda 1 dan 90 gacha bo‘lgan raqamli toshlar, 90 dona raqamli karton, 1 dona kassa apparati, pul solish uchun yog‘ochdan yasalgan sandiqcha, 1 dona mikrofon, 1 dona karnay, 1 dona artel televizor, 2 dona kamera xotira kartasi ва qimmatbaho sovg‘alar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor ва tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Avvalroq Chustda yerto‘lada qimorxona ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani hamda Angrenda qimorga tikilgan ayol haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







