Jamiyat

Toshkentda firibgar o‘zganing kreditga olingan “Malibu-2”sini sotib yubordi

Ushbu mashina 276 million so‘m kredit mablag‘i evaziga xarid qilingandi.

Toshkentda firibgar o‘zganing kreditga olingan “Malibu-2”sini sotib yubordi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabariga ko‘ra, departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

 

Aniqlanishicha tekshiruvda fuqaro B.K. tijorat bankining 276 million so‘m kredit mablag‘i evaziga xarid qilgan “Malibu-2” rusumli avtotransport vositasini garovga qo‘ymasdan fuqaro A.ga sotib yuborgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bankdan qarz olgan rahbar garovga qo‘yilgan yuk mashinani yashirib qo‘ygani, qarzdorning “Trailblazer” avtomashinasi xatlangani hamda Navoiyda aka-uka tovlamachilikda ayblangani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"