Jamiyat

Fuqarolar qanday soliqlar to‘laydi? O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlar tizimi

O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar tizimi amal qiladi:

Fuqarolar qanday soliqlar to‘laydi? O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlar tizimi

1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

2) aksiz solig‘i;

3) foyda solig‘i;

4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

5) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-mulk solig‘i;

8) yer solig‘i;

9) ijtimoiy soliq(elektr energiyasi, gaz va yana shu turdagi soliqlar).

 

Soliq deganda Respublika davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

 

Yig‘im esa byudjet tizimiga yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi.

 

Yig‘im undirish tartibi vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan bajariladi va bunda tashkilotning yuridik ahamiyatga ega harakatlarni hisobga olinadi. Shuningdek, tashkilotga oid hujjatlarni berish jarayonida ham yig‘im olinishi mumkin.

 

Eslatma. Sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, bundan tashqari, mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish kabi qonunda belgilangan tartibdagi undiruvlar ham fuqaro zimmasiga yuklatilgan soliq yoki yig‘imlar tarkibiga kirmaydi.

 

Avtotransport yig‘imi hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.

 

Eslatma. Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.

 

Shu bilan birga, Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun maxsus soliq rejimlari ham mavjud.

 

Eslatma. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi amal qiladi. Bunda to‘lov qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Mazkur soliq tartibi muayyan muddat uchun belgilanadi.

 

Eslatma. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin. Yaʼni, maxsus soliqlar to‘layotgan shaxsga baʼzi bir soliq turlarini to‘lamaslik yoki to‘lovlarni vaqtincha kechiktirishi imkoniyati beriladi.

 

Avvalroq 2022-yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshishi kutilayotgani hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs javobgarlikka tortilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev 

Fuqarolar qanday soliqlar to‘laydi? O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlar tizimi | Zamon.uz