Olib qo‘yilgan farzand o‘z onasiga qaytarildi
Ota farzandini onasiga berishga qarshilik qilgan.

Gurlan tumanida yashovchi fuqaro D.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchiligi sababli ota uyiga qaytib ketishga majbur bo‘lgan. Ammo turmush o‘rtog‘i uning voyaga yetmagan 2018 yilda tug‘ilgan farzandi Sh.D.ni olib ketishga qarshilik qilgan. Farzandini ololmagan D.Yu. sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdorga voyaga yetmagan bolasini onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin ota farzandini onasiga berishdan bosh tortgan.
Shundan so‘ng davlat ijrochilari, tegishli organlar va xolislar ishtirokida voyaga yetmagan Sh.D. onasi tarbiyasiga olib berilishi taʼminlandi.
Avvalroq, uyga muhtoj ona farzandini sotgani hamda ikki yashar o‘g‘liga jiddiy shikast yetkazgan ota haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







