O'zbekiston

O‘zbekiston tarixida ilk bor BMT IHK byurosi faoliyatida ishtirok etadi

O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy vakili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor BMT IHK byurosi faoliyatida ishtirok etadi

 

 

O‘zbekistonning doimiy vakili nomzodi ko‘rsatilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi BMT IHK tizimidagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Guruhda 56 ta davlat bor. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi byurosi tarkibi IHK raisi hamda uning turli geografik guruhlardan saylangan to‘rtta o‘rinbosaridan tashkil topgan.

 

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga aʼzo davlatlar O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili nomzodini 2022-yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston vakilining ushbu lavozimga saylanishi respublikamizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanayotganining ifodasidir.

 

Maʼlumot uchun:  2020-yilda O‘zbekiston 2021-2023 yillar mobaynida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining to‘laqonli aʼzosi etib saylangan va tashkilot doirasida faol ish olib bormoqda. 

 

Eslatib o‘tamiz, kengash majlislari BMTning Jenevadagi vakolatxonasida o‘tkaziladi.

 

BMT IHK tarkibiga 47 davlat kiradi. Butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishga masʼul tuzilma hisoblanadi. Kengash vakolatiga inson huquqlari sohasidagi eʼtiborga molik bo‘lgan barcha masalalar va vaziyatlarni muhokama qilish kiradi.

 

Avvalroq BMTning tavsiyalari hayotga tatbiq etilayotgani, O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shilgani hamda BMTning din va eʼtiqod erkinligi bo‘yicha maxsus maʼruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"