0

Sirdaryoda “Nexia” va “Zil” yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH yuz berdi

Oqibatda “Nexia” avtomobili haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Sirdaryoda “Nexia” va “Zil” yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH yuz berdi

 

IIV YHXBB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joriy yilning 19-noyabr kuni soat 14:25 atrofida A.N. boshqaruvidagi “Nexia” avtomashinasi va N.Q. boshqaruvidagi "Zil-MMZ 554" rusumli yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur YTH oqibatida “Nexia” avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi “Cobalt” bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgandi.

 

Avvalroq Navoiyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, Toshkentda “Gazel” va “Nexia” to‘qnashib ketgani hamda Namanganda YTH sabab 75 yoshli piyoda vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Sirdaryoda “Nexia” va “Zil” yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH yuz berdi