Jamiyat

Bektemir tumanida yuk avtomobili ustiga beton tushib ketdi

Haydovchi O.T. yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Bektemir tumanida yuk avtomobili ustiga beton tushib ketdi

 

Bundan avvalroq Zangiotaga ketaverishda yuk avtomobili ishtirokida ayanchli YTH yuz bergani haqida xabar qilgan edik. Ushbu holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi maʼlumot taqdim etdi.

 

Maʼlum qilinishicha, bugun soat 07:30 larda Toshkent shahar, Bektemir tumani hududidan o‘tgan “Sergeli-Bo‘stonliq” avtomobil yo‘lining 18-kilometrida bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi O.T. “Kamaz” rusumli avtomobilda harakatlanayotib keskin tormoz bergan. 

 

Oqibatda yukxonada bo‘lgan beton ustunlar joyidan oldinga siljib, avtomobilning kabina qismiga zarar yetkazgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.



Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Bek to‘pi" ro‘parasida avtokran va yuk avtomobili to‘qnashgandi.

 

Shuningdek, Toshkentda “Nexia 3” bilan to‘qnashgan “Matiz” ag‘darilib ketgani, Forishda ro‘y bergan YTH oqibatida 2 nafar yo‘lovchi vafot etgani, Qashqadaryodagi YTH haydovchi o‘limi bilan yakun topgani hamda Jizzax viloyatida yuk avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Bektemir tumanida yuk avtomobili ustiga beton tushib ketdi | Zamon.uz