0

Namanganda 9-sinf o'quvchisi o'g'irlikka qo'l urdi

U telefon ta’mirlash ustaxonasi eshigini buzib kirgan.

Namanganda 9-sinf o'quvchisi o'g'irlikka qo'l urdi

 

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2021-yil 24-noyabr kuni Chust shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 20-noyabr kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Chust shahrida joylashgan telefon apparatlarini taʼmirlash ustaxonasiga eshikni buzib kirib, u yerdan narxi 850 ming so‘mlik “Samsung A5” rusumli uyali telefonni o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi, 2006-yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 11-sinf o‘quvchilari jinoyat sodir etgan hamda Pop tumanida maktab o‘quvchisi xonadonga o‘g‘irlikka tushgani  haqida xabar berilgandi.



Javohirbek Tursunov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"