Jamiyat

Endi paxta yetishtirish uchun daʼvogarlik qilish mumkin

Paxta-to‘qimachilik klasteri Respublika komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.

Endi paxta yetishtirish uchun daʼvogarlik qilish mumkin

 

Paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10-sentyabrgacha YAIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.

 

Murojaat Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Vazirlik) tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

 

Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1-oktyabrgacha ko‘rib chiqib, qaror qabul qiladi.

 

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, paxta-to‘qimachilik klasterlari quyidagi shaklda tashkil etiladi:

🔸 qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish;

🔸 paxta xomashyosini shartnoma asosida fermer xo‘jaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchilardan sotib olish;

🔸 qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish hamda paxta yetishtiruvchilardan shartnoma asosida sotib olish.

 

Paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli hujjat qabul qilingach:

👉 3 kun ichida(ish kunlari) Vazirlik talabgorlarni xabardor qiladi;

👉 5 kun ichida(ish kunlari) talabgor bilan 30 yil (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo‘lgan taqdirda 25 yilgacha bo‘lgan) muddatga bitim tuziladi;

👉 3 kun ichida(ish kunlari) paxta-to‘qimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan yer ijarasi shartnomasi tuzadi (klaster yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan taqdirda).

 

Shuningdek, ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri o‘ziga biriktirilgan yerlarni shaxslarga 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (ularni uchinchi shaxsga berish huquqisiz) berish huquqiga ega.

 

Eslatma. Paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring o‘tkaziladi.

 

Avvalroq paxta yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimi takomillashtirilishi hamda fermer xo‘jaliklari yer solig‘idan ozod qilinishi haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

Endi paxta yetishtirish uchun daʼvogarlik qilish mumkin | Zamon.uz