Jinoyat ishini yopish uchun 3000 AQSH dollari
Bosh prokuraturada yana bir xodim pora bilan ushlandi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sh.V. qarindoshi Sh.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni vaʼda qilib, 27-noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 7-dekabr kuni Sh.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) hamda Sh.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Jizzaxda prokuror o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgani va Namanganda qoidabuzar YPX xodimiga pora taklif qilgani xabar qilingandi.
Javohirbek Tursunov








