Turkiyada “Trikotaj” sexiga taklif qilingan ayol boshqa ishlarga jalb qilindi
Jinoiy guruh odam savdosidan tashqari qalbaki AQSH dollari bilan ham shug‘ullangan.

2020 yil may oyi boshlarida Fuqaro R.E. ukasi A.E. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.X. ga Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida “Trikotaj” sexiga ishga joylashtirib qo‘yishini vada qiladi.
Har oyda 700 AQSH dollari, keyinchalik 1.500 va 2.000 AQSH dollarigacha ish haqqi va qilinadigan ishlar haqida yolg‘on maʼlumotlar beradi.
Ayol Istanbulga yetib kelganida esa yigit bergan vaʼdalarini bajarmasdan boshqa ishlarga jalb qilib, shaxsiga oid hujjatlarini olib qo‘ygan.
R.E.Turkiya shahridan turib o‘z jinoiy harakatlarini boshqa mamlakatlarda ham davom ettirgan. Sank-Peterburg shahrida ishlab yurgan ukasi M.E, Namangan shahrida yashovchi M.Ch. hamda M.K, Qorasuv shahrida yashovchi O.O va boshqalardan iborat tarkibda uyushgan guruhni tashkil qilib, uning faoliyatiga rahbarlik qilib, guruh aʼzolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlagan.
R.E. guruhni qalbaki AQSH dollari bilan taʼminlagan. Guruh aʼzosi K.I. qo‘lga kiritgan qalbaki chet el valyutasini O‘zbekistonga olib kelgan. R.E. unga o‘z navbatida g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan qalbaki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazishi belgilangan bo‘lgan. So‘ng jinoiy rejaga ko‘ra, qalbaki chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olib, uyushgan guruh aʼzolariga tarqatgan.
Shuningdek, R.E tergovda aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxslardan qalbaki 10.000 AQSH dollarini sotib olib, 2020 yil 5 sentyabr kuni Sank-Peterburg shahridan Istanbul shahriga havo yo‘llari orqali kelgan K.I. ga bergan.
K.I. 2020 yil 27 sentyabr kuni “Istanbul-Baku-Toshkent” reysi bilan qalbaki 10.000 AQSH dollarini sumkada olib o‘tib, Namangan shahriga olib kelgan hamda jinoiy guruh aʼzolariga tarqatgan.
Guruh aʼzosi R.E va OT. 2020 yil 12 noyabr kuni yollanma haridor “Bekzod” ismli shaxsga qalbaki 1.600 AQSH dollarini haqiqiy 560 AQSH dollariga o‘tkazayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo turi qo‘llanilgan.
Avvalroq DXX tomonidan qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxslar aniqlangani hamda Toshkentda soxta dollarga telefon sotib olgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







