Jamiyat

Umumiy ovqatlanish joylari uchun soliq to‘lashda imtiyoz beriladi

Bundan maqsad — koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash.

Umumiy ovqatlanish joylari uchun soliq to‘lashda imtiyoz beriladi

 

Umumiy ovqatlanish korxonasi egalari bir necha turdagi soliqlarni, shuningdek, mavjud qarzdorlik hamda barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1-iyulgacha foizlarsiz kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega. 

 

Maʼlumot uchun, ushbu tartibga 2021 yil 15 avgust holatidagi qarzdorlik, jarima va penyalar inobatga olinadi.

 

Eslatma. Ovqatlanish korxonalariga restoran, kafe, oshxona va hokazolar kiradi.

 

Mazkur soliqlar quyidagilar:

➖ aylanmadan olinadigan soliq;

➖ foyda solig‘i;

➖ suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

➖ yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

➖ yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar.

 

Bundan tashqari, 2021 yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi mazkur tartib 2021 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.

 

2023 yil 1-sentyabrga qadar esa turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash tartibi ham to‘xtatiladi.

 

Avvalroq soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs javobgarlikka tortilishi hamda tabiiy ofat oqibatida zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Umumiy ovqatlanish joylari uchun soliq to‘lashda imtiyoz beriladi | Zamon.uz