Jamiyat

Qashqadaryoda haydovchiga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi

Fuqaro YPX xodimining o‘z xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik ko‘rsatgan.

Qashqadaryoda haydovchiga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi

 

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida tezlikni meʼyoridan oshirgan transportlarni qayd etuvchi maxsus moslama bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borgan YPX xodimi tezlik qoidalarini buzgan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisini to‘xtatgan. Haydovchi Sh.A. mashinadan tushib xodimning yoniga kelib tezlikni meʼyordan oshirganligi bo‘yicha qayd etilgan qoidabuzarlikni o‘chirishini so‘rab xodimga bir qancha eʼtirozlar bildirgan. 

 

Vaziyat keskinlashib, atrofga fuqarolar to‘plangan. Qashqadaryo viloyati IIB YHXB masʼullari tomonidan tegishli hujjatlar to‘plangani va holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudida o‘rganilib chiqilgan.

 

Fuqaro Sh.A. O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 195-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Avvalroq Namanganda qoidabuzar YPX xodimiga pora taklif qilgani  hamda Toshkentda YPX xodimi qoida buzgan haydovchiga chora ko‘rmasdan ketishiga ruxsat bergani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

 

Qashqadaryoda haydovchiga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi | Zamon.uz