0

Agar nuqsonli tovar sotib olgan bo‘lsangiz uni almashtirib berishlarini talab qilishingiz mumkin

Bu faqat sizning xohishingizga bog‘liq.

Agar nuqsonli tovar sotib olgan bo‘lsangiz uni almashtirib berishlarini talab qilishingiz mumkin

 

Qonunchilikka ko‘ra, nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchilar o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan birini talab qilishi mumkin. Bular:

👉 tovarni ayni shunday markali tovarga almashtirib berish;

👉 tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish;

👉 nuqsonlarni bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;

👉 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

👉 shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.

 

Avvalroq O‘zbekistonda tovar va xizmatlar 5 foizga qimmatlashgani hamda mamlakatimizda 61 ta bozor kompleksi sotilishi va ularning 12 tasi tugatilishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"