0

Oilaviy zo‘ravonlik haqida IIVga xabar berishda call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Endi huquqlari poymol bo‘lgan shaxslar qisqa ishonch raqami orqali shikoyatlarini IIVga aytishi mumkin.

Oilaviy zo‘ravonlik haqida IIVga xabar berishda call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy zo‘ravonlik, er va xotin o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar tasvirlangan videolar, maqolalar ko‘paydi. Bu hali ommaga ochiqlangani. Mamlakatimizning uzoq hududlarida ham tazyiqlardan, kamsitishlardan, huquqsizlikda aziyat chekayotgan xotin-qizlar, norasidalarning qanchadan-qanchasi dodini qayerga borib aytishni bilmayapti. Endilikda ularning huquqlarini tiklash, zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida IIVda 24 soat ishlaydigan call-markaz tashkil etiladi.

 

Joriy yilning 10 yanvaridan o‘z faoliyatini boshlaydigan mazkur call-markazga “1259” qisqa raqami orqali bog‘lanish mumkin. IIV murojaatlarni tinglaydi, tekshiradi va fuqarolarning huquqlari tiklashga yordam beradi.

 

Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari ham shikoyatlarini IIVga “1286” qisqa raqami orqali bayon qilishi mumkin. Shuningdek, 10 yanvardan ishga tushadigan Telegram-bot orqali ham shikoyat va murojaatlar qabul qilinadi.

 

Avvalroq Davlat xizmatlari sifatini baholaydigan yangi portal ishga tushgani hamda Ichki ishlar vazirligi tarkibida jamoat xavfsizligiga masʼul yangi departamenti tuzilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"