Jahon

Janubiy Koreya Pfizer tabletkasidan foydalanishni boshlagan Osiyodagi ilk davlat

Hukumat preparat "Omicron" shtammiga qarshi samara berishiga umid qilmoqda.

Janubiy Koreya Pfizer tabletkasidan foydalanishni boshlagan Osiyodagi ilk davlat


Жанубий Корея янги "Omicron" штамми тарқалиши билан боғлиқ кескин вазият шароитида Pfizer таблеткаларини COVID-19 ни даволашда кенг қўллашни бошлаган биринчи Осиё давлатига айланади. Бу ҳақда  Reuters агентлиги хабар берди. 

 

Мамлакат ҳукумати ва мутахассислар препарат коронавирус билан касалланганлар сонининг кўпайишини олдини олишда ёрдам беришига умид қилмоқда. Маълум қилинишича, Америка компанияси томонидан ишлаб чиқарилган 630 мингга яқин таблеткалар Жанубий Кореядаги 280 дорихона ва 90 та даволаш марказларига етказиб берилган. Бу миқдор 21 минг потенциал беморни даволаш учун етади.

 

Гап биринчи навбатда 65 ёшдан ошган фуқаролар, шунингдек, иммунитети заиф ва сурункали касалликларга чалинган одамлар ҳақида бормоқда. 10 минг  кишига мўлжалланган 300 минг дона препаратнинг навбатдаги партияси январь ойи охирида Жанубий Кореяга етказилиши кутилмоқда.
 

Эслатиб ўтамиз, Япония янги штамм сабаб хорижликларга мамлакатга киришни февраль охиригача тақиқлаган.

 

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

AQSH Qeshm oroliga zarba berdi: Eron havo mudofaasi nishonga olingan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, orolga ikkita raketa tushgan.

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

To‘rtta vagon alanga ichida qoldi: Hindistonda poyezd yonib ketti

Vagonlardan biridagi ventilyatorda qisqa tutashuv yuzaga kelgani yong'inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

“Meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti uning sha’niga she’r o‘qimoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib, bunday qilmaslikni so‘radi.

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Yevrokomissiya TikTok’ni aybladi: platforma ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi mumkin

Agar qonunbuzarlik tasdiqlansa, TikTok jarimaga tortilishi mumkin.

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston Rossiyaga nota yubordi: armiyaga yollangan fuqarosini qaytarishni talab qildi

Qirg‘iziston 21 yoshli fuqarosi Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilinganini bildirdi.