Jamiyat

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Hodisa 1 soatcha avval sodir bo‘lgan.

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yil 16-fevral kuni soat 10:50 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 228-kilometrida haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan D.I. “DAF” rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.

 

Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan.

 

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Аvtomobilga zarar yetgan.

 

Mazkur hodisa yuzasidan voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yakkasaroy tumanida “Lacetti” yonib ketgani hamda Qamchiq dovonida paxta ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgani  haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"