Jahon

“Biz Putinni to‘xtata olamiz”

Jahon sportchilari Rossiya bilan Ukraina o'rtasidagi ziddiyatga munosabat bildirdi.

“Biz Putinni to‘xtata olamiz”

 

 

Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi butun dunyoning e’tibor markazida turibdi. Urush sabab taniqli ukrainalik va xorijiy sportchilar Rossiyaga nisbatan keskin munosabatini bildirishdi.

 

Birinchilardan bo‘lib ukrainalik dzyudochi Daria Bilodid so‘zga chiqdi:

 

“24-fevral kuni soat oltida Kiyevdagi otishmalardan uyg‘onib ketdim. Juda ham qo‘rqdim. Men oilam va vatanim uchun ibodat qilaman. Rossiya bizni bombardimon qila boshladi, urush boshlandi. Yaqin vaqtgacha men bunday bo‘lishi mumkinligiga ishonmasdim. Nega ular odamlarning hayotini buzishi kerak? Biz tinchlikni xohlaymiz, yashashni xohlaymiz”.

 


Tennischi Sergey Staxovskiy Ukraina uchun ibodat qilishga undadi:

 

“Biz Ukraina uchun ibodat qilamiz”.


Afsonaviy bokschi Vladimir Klichko ham o‘z munosabatini bildirdi:


“Dunyo imperializmning nafaqat Ukraina uchun, balki butun dunyo uchun qanchalik halokatli ekanini kuzatmoqda. Bu barchaga saboq bo‘lsin”.

 

Karatechi Anjelika Terlyuga qon to‘kilishini to‘xtatishga chaqirdi:

 

“Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshladi. Ukraina o‘zini himoya qiladi va g‘alaba qozonadi. Biz Putinni to‘xtata olamiz”.

 

“Dinamo Kiyev” futbol klubi rahbari Viktor Tsygankov ukrainalik harbiylarni qo‘llab-quvvatladi:

 

“Bularning barchasi biz bilan sodir bo‘layotganiga to‘liq ishonmayman. Lekin men Ukrainani har qachongidan ham yaxshi ko‘raman va ukrainalik ekanligimdan faxrlanaman. Bu bizning uyimiz va uni bizdan hech kim tortib ololmaydi. Chegaralarimizni himoya qilayotgan qahramonlarimizga shon-sharaflar. Yashasin Ukraina”.

 

Suzuvchi Andrey Govorov ukraina armiyasining kuchiga ishonadi:

 

“Ukraina armiyasi dushmanga qarshilik ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekaniga aminman. Agar Gruziya va Chechenistonga qarshi 2008 yilgi mojarolarni solishtirsak, bu urushda g‘alaba qozonish uchun Rossiyaga ko‘proq kuch kerak bo‘ladi”.

 

“Zenit” klubi himoyachisi Yaroslav Rakitskiy ham Ukrainani qo‘llab-quvvatladi.

 

Ukraina futbol klublarining xorijlik mutaxassislari ham o‘z fikrlarini bildirishdi. Masalan, Kiyevning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Ukraina poytaxtini tark etishni rejalashtirmayotganini aytdi:

 

“Ukrainadagi barcha sport tadbirlari 30 kunga to‘xtatildi. Men Kiyevni tark etmayman va Ruminiyaga qaytmayman. Men qo‘rqoq emasman. Ahmoqlar boshlagan bu urush tezroq to‘xtatiladi degan umiddaman. Urush boshlanishini hech o‘ylamagandim”.

 

Chang‘i bo‘yicha jahon yulduzi Yoxannes Klabo ham Rossiyaning harbiy tajovuzkorligini qoraladi:

 

“Hozir Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar qo‘rqinchli va men buni qoralayman. Bo‘layotgan voqealar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu holat dunyoni xavfli vaziyatga solib qo‘ydi”.

 

Shuningdek, Klabo hamda uning jamoadoshi Xans Krister Holund Tyumendagi jahon chempionatini bekor qilishga chaqirdi.

 

Formula-1 bo‘yicha 4 karra jahon chempioni Sebastyan Fettel Rossiya Gran-prisini boykot qilmoqchi:

 

“Ukrainadagi yangiliklardan hayratdaman. Ma’lumki, bizning taqvimimizga ko‘ra, Rossiyada poygamiz bor. Lekin men u yerga bormayman".

 

Taniqli rus sharhlovchisi Vasiliy Utkin ham urushdan hayratda qolganini ma’lum qildi:

 

“Hayotimdagi eng yomon kun. Umrimda bunday kunga guvoh bo‘laman deb o‘ylamagan edim”.

 

Germaniya futbol klublari ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdi:

 

“Biz hayratdamiz. Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin Yevropa ichida urush avj oldi. Bizning hamdardligimiz va birdamligimiz Ukraina xalqigadir”, — deya Verder klubi bayonot berdi.

 

“Borussiya Dordmund” klubi rasmiylari ham quyidagicha fikrlar bildirdi:

 

“Yevropa qit’asida urush boshlanganidan hayratda va qayg‘udamiz. Dortmundning “Borussiya” klubi xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishini keskin qoralaydi. Biz Ukraina xalqi bilanmiz”.

 

Shuningdek, titul homiysi “Gazprom” bo‘lgan “Shalke” klubi ham bayonot bilan chiqdi. Klub futbolkalariga “Gazprom” logotipini qo‘yishdan bosh tortdi.

 

custom img

Qariyalar uyidagi yong‘in: 16 kishi vafot etdi

Hozirda fojia sababi o‘rganilmoqda.

custom img

112 ga qo'ng'iroq: 66 yoshli ayol 4 metrlik quduqqa tushib ketdi

Ayol ehtiyotsizligi oqibatida hovlisidagi quduqqa tushib ketgan.

custom img

Si Szinpin Hindistonda: yetti yildan keyingi ilk tashrif

Xitoy raisi Hindistonga tashrifi davomida Bosh vazir Narendra Modi bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.

custom img

Respublikachilar mag‘lub bo‘lsa, Eronga yanada qattiqroq choralar ko‘rilishi mumkin — Tramp

AQShda Kongressga oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

custom img

Isroil Hizbulloh bazasini portlatdi: portlash 4,1 magnitudali zilzilaga sabab bo‘ldi

2 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ikkita tunnelni yo‘q qilish uchun 1 ming tonnadan ortiq portlovchi modda ishlatilgan.

custom img

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"