Sport

Rossiya FIFA va UEFA‘ning taqiqiga mutlaqo qo‘shilmaydi

Rossiya futbol ittifoqi ushbu taqiqlarni kamsituvchi qaror sifatida qabul qilgan.

Rossiya FIFA va UEFA‘ning taqiqiga mutlaqo qo‘shilmaydi

 

Rossiya futbol ittifoqi FIFA va UEFA‘ning Rossiya jamoalari va klublarining barcha musobaqalardan chetlatilishiga munosabat bildirdi.

 

"Rossiya FIFA va UEFA‘ning Rossiyaning barcha jamoalarini nomaʼlum muddatga xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirish haqidagi qaroriga mutlaqo qo‘shilmaydi.

 

Bizning fikrimizcha, bu qaror xalqaro musobaqalar meʼyor va tamoyillariga, sport ruhiga ziddir. Bu ochiq-oydin kamsituvchi xususiyatga ega va juda ko‘p sonli sportchilar, murabbiylar, klublar va terma jamoalar xodimlariga, eng muhimi, xalqaro sport tashkilotlari manfaatlarini birinchi navbatda himoya qilishlari kerak bo‘lgan millionlab rossiyalik va chet ellik muxlislarga zarar yetkazadi.

 

"Bunday xatti-harakatlar tenglik, o‘zaro hurmat va siyosatdan mustaqillik tamoyillariga doimo amal qilib kelgan jahon sport jamoatchiligini ikkiga bo‘lib yubormoqda. Biz xalqaro sport qonunchiligiga muvofiq FIFA va UEFA qaroriga eʼtiroz bildirish huquqini saqlab qolamiz", - deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Shalke 04” “Gasprom” bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"