Jahon

Qirg‘izistonda yil oxiriga qadar aholining 38 foizi qashshoqlashishi mumkin — BMT

Tashkilot Qirg‘iziston iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus hisobot eʼlon qildi.

Qirg‘izistonda yil oxiriga qadar aholining 38 foizi qashshoqlashishi mumkin — BMT

 

Qirg‘iziston iqtisodiyoti tabiiy resurslar qazib olinishi, turizm va migrantlardan pul o‘tkazmalariga qattiq bog‘lanib qolgan. Bu haqda BMTning qashshoqlik bo‘yicha maxsus vakili Olivye de Shutter maʼlum qilgan.

 

“Pul o‘tkazmalari eng avvalo kambag‘al qishloq aholisiga foyda keltiradi va bu vosita yordamida 2019 yilda mamlakatda qashshoqlik darajasi 11 foizga kamaygan. Ammo bu Qirg‘izistonning uzoq istiqboldagi taraqqiyot strategiyasi bo‘lishi mumkin emas. Bu inson kapitalining o‘ta yirik masshtablarda qochishiga sabab bo‘ladi”, – degan de Shutter.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bishkekka 2019 yilda 2.4 milliard dollar pul o‘tkazilgan, bu mamlakat YAIMning 30 foizini tashkil etadi.

 

Hisobotda aytilishicha, Qirg‘iziston pandemiya oqibatlari – narxlarning o‘sishi, pul o‘tkazmalari kamayishi va o‘sib borayotgan ishsizlikka qarshi kurashishga harakat qilyapti.

 

“Qirg‘izistonda qashshoqlik darajasi asta-sekin pasayayotganiga qaramay, 2020 yilda aholining ¼ qismi kambag‘allik yoqasida yashagan. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar bu raqam 38 foizga yetishi va oqibatda mamlakat taraqqiyoti 10 yil ortga surilishi mumkin”, – deb qayd etgan de Shutter.

 

Maxsus vakil Bishkekni pul o‘tkazmalaridan qaramlikni kamaytirishga chaqirgan. Shuningdek, u maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi sifatini ko‘tarish, ijtimoiy himoya sohalariga investitsiya kiritishni taklif qilgan.

 

BMT hisobotida bu yil Qirg‘izistonda 35 ming o‘quvchi maktabni bitirishi keltirilgan. Tashkilot ular uchun real imkoniyatlar yaratish zarurligini, aks holda inson kapitalining mamlakatdan chiqib ketishi cho‘zilishini taʼkidlagan.

 

Avvalroq BMT oziq-ovqat tanqisligining asosiy sababini ochiqlagandi.

 

 

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.