Andijon shahar hokimi qamoqqa olindi
U eski ishida davlat byudjetidan 48 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.

6-iyun kuni Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov davlat mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanib, protsessual tartibda ushlandi.
Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotgan tergov ishida 37 nafar shaxs ayblanib, ularning 32 nafari hibsga olingan. Hozircha yetkazilgan zararning atigi 23 foizi qoplangani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslari 2018-yil noyabr oyidan 2020-yil noyabr oyiga qadar bir guruh shaxslar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgani, UzAsbo dasturiy majmuasiga ulangan buyurtmachilarning oylik ish haqlari hamda boshqa to‘lovlari bo‘yicha so‘rovnomalarini soxtalashtirib, to‘lovga taqdim qilishi natijasida 48,5 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani haqida xabar qilingandi.







