Jahon

Eron yadro salohiyatini kuchaytirishda davom etmoqda

Avvalroq mamlakat oliy rahnamosi vakili yadro quroli yasash uchun barcha imkoniyat borligini aytgandi.

Eron yadro salohiyatini kuchaytirishda davom etmoqda

 

Eron Isfaxonda yangi yadro reaktori quradi. Bu haqda mamlakat atom energetikasi bo‘yicha markaz direktori Muhammad Islomiy maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular sinov qurilmalari bo‘lib, bu yerda boshqa reaktorlar uchun yadro yoqilg‘ilari testdan o‘tkazadi.

 

Fars axborot agentligi esa Tehron yadro elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 10 ming megavattga yetkazmoqchi ekanini qayd etgan. Shuningdek, Eron  janubida yangi yadro obyektlari qurilishi uchun hududlar o‘rganilayotgani taʼkidlangan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2015 yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida "Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi" imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, G‘arb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018 yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021 yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11 mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi.

 

Avvalroq Eronda yadro qurolini yaratish uchun barcha imkoniyat borligi ochiqlangandi.

 

 

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"