Jahon

Yevropa Ukrainaga 20 million yevro ajratdi

Uning qaysi maqsadlarda sarflanishi maʼlum bo‘ldi.

Yevropa Ukrainaga 20 million yevro ajratdi

 

Yevroittifoq Ukraina infratuzilmasining qish mavsumiga tayyorlanishi uchun 20 million yevro ajratdi. Bu haqda YEIning Ukrainadagi vakolatxonasi maʼlum qildi. 

 

Ushbu mablag‘lar xarobalarni tozalash hamda infratuzilma obyektlarini taʼmirlash uchun sarflanadi. U BMTning Taraqqiyot dasturiga o‘tkazib beriladi.

 

"O‘ta muhim infratuzilmaning tezkor taʼmirlanishi, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi oldidan eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bizning loyihadan ko‘zlangan maqsad Ukrainani elektr, suv va issiqlik bilan taʼminlaydigan obyektlar faoliyatini qayta tiklash", — degan Taraqqiyot dasturining Ukrainadagi vakili Manal Fouani.

 

Bundan tashqari, Turkiya ham infratuzilma obyektlarini qayta tiklashga yordam berishni vaʼda qilgan.

 

Avvalroq Yevropa davlatlarining Kiyevga harbiy yordam berishni kamaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.