Jahon

Bloomberg: Eron va AQSH bir necha haftadan so‘ng yadro kelishuvini imzolashi mumkin

Avvalroq Vashington bu bo‘yicha Tehronga javob taklifini yuborgandi.

Bloomberg: Eron va AQSH bir necha haftadan so‘ng yadro kelishuvini imzolashi mumkin

 

AQSH va Eron bir necha hafta ichida yadro kelishuviga erishishi mumkin. Bu haqda Bloomberg  agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Vashington va Tehron “tarixiy yadro kelishuvi”ning tiklanishi uchun qator muhim masalalarni hal qilishga tayyor. Gap Eronning o‘tmishdagi yadro faoliyatini tekshirishga ruxsat berish, shuningdek, Vashington kelishuvni yana tark etgan taqdirda iqtisodiy kafolatlar bo‘lishi haqida ketmoqda. Agentlik suhbatdoshlari bunga bir necha hafta ketishini aytgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2015 yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, G‘arb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018 yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021 yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11 mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi. So‘nggi oylarda Yevropa vositachiligida yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralar faollashdi. 

 

 Avvalroq AQSH Eronga yadro shartnomasi bo‘yicha javob takliflarini jo‘natgandi.

 

custom img

Hindiston va Pokiston chegarasida ikki soatlik otishma yuz berdi

Hindiston harbiylari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan "terrorchilar"ni to‘xtatishga uringan.

custom img

AQSHda aka-uka Teytlar Buyuk Britaniya so‘rovi bilan hibsga olindi

Endryu va Tristan Teyt zo‘rlash, odam savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Ularning aprel oyida O‘zbekistonga kelgani ham tanqid ostida qolgandi.

custom img

Livan prezidenti Tramp bilan Isroil bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga yo‘l oldi

Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqish va mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi.

custom img

Belgiya bosib olingan Falastin yerlarida ishlab chiqarilgan Isroil mahsulotlarini import qilishni taqiqladi

Ispaniya, Niderlandiya, Sloveniya va Irlandiya ham shunday cheklovlar joriy etgan edi.

custom img

Norvegiyada so‘nggi 100 yildagi eng yirik yong‘in yuz berdi

Hodisa sabab yuzlab aholi evakuatsiya qilindi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Wildberries omborlariga zarba berdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Zelenskiyga ko‘ra, zarba berilgan omborlarda dronlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlar saqlangan.

custom img

Anomal issiq fonida elektr iste’moli rekordi yangilandi

Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish hajmi avvalgi rekordlardan ham yuqori bo‘ldi.

custom img

Mujtabo Xomanaiyning ilk xalqaro muloqoti Putin bilan bo‘lishi mumkin — TASS

Eron manbasi Eronning oliy rahbari va Rossiya prezidenti o‘rtasida yaqin vaqt ichida telefon suhbati yoki uchrashuv o‘tkazilishi ehtimolini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"