0

Kiyim-kechakdan to maishiy texnikagacha... — Xatirchida savdo do‘konlari yonib ketdi

Hodisa oqibatida 120 kvadrat metr maydonda do‘kon jihozlari yonib zararlangan.

Kiyim-kechakdan to maishiy texnikagacha... — Xatirchida savdo do‘konlari yonib ketdi

 

8-noyabr kuni soat 23:12 da Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Navbahor” MFY Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Taʼkidlanishicha, yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 23:14 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 23:38 da bartaraf etilgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida kiyim-kechak, maishiy texnika, chinni-chinovor va boshqa do‘konlarning 120 kvadrat metr maydonda do‘kon jihozlari, mahsulotlari, shift va tom qismi yonib zararlangan.

 

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan imoratlarining 1500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

 

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"