0

Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olindi

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etganligi haqidagi xabarlar ko‘pab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Unga ko‘ra, 7-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda 1968-yilda tug‘ilgan erkak kishi Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida, voyaga yetmagan 2015-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"