Vinisius La Liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
U Levandovskini ortda qoldirdi

La Liga mart oyining eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasi g'olibini e'lon qildi. Sovrinni uchta o'yinda beshta gol urgan "Real Madrid" vingeri Vinisius Junior qo'lga kiritdi.
Boshqa nomzodlar orasida Robert Levandovski (“Barselona”), Brahim Mendes (“Real Sosedad”), Aleksandr Sorlot (“Vilyarreal”) va Gorka Guruseta (“Atletik”) bor edi.
23 yoshli Vinisius Junior ikki karra Ispaniya chempioni (2019/2020, 2021/2022), Chempionlar ligasi (2021/2022), UEFA Superkubogi sohibi (2022). U ikki marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida (2018, 2022), Braziliya terma jamoasi tarkibida esa 2021-yilda Amerika kubogida kumush medalni qo‘lga kiritgan.







